PQ-438-sonli qaror ijrosi yuzasidan qaror tasdiqlandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 21-sentabrdagi VII-22-119-8-117-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-sonli qarorining Termiz tumanidagi ijrosi yuzasidan qabul qilindi.
Qaror bilan tumanda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati ko‘rib chiqilib, mavjud vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.