Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
📍 FUQAROLARNING HUQUQIY MUAMMOLARIGA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
#Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi raisi R.Djumanova, tuman hokimi, deputat I.Kasimovlar tomonidan "O‘rtaovul" va "Do‘stlik" mahallalarida ehtiyojmand oilalar o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
#liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Xalqobod MFY mahalla yettiligi faoliyati Kengash mutaxassisi A. Abdullayeva bilan birgalikda o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining mahalla hududida ijro etilishi, yer maydonlaridan foydalanish va yer-kadastr ma’lumotlarini yuritish holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan fuqarolarning yer-kadastr masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash hamda qonunchilik talablari asosida hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini ta’minlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda fuqarolarga yer-kadastr masalalarida zarur tushuntirishlar berish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.