Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 15-O'zbekiston saylov okrugi deputati Radjapov Shuxrat Payg'ambarovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Park va xiyobonlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mustaqillik” mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
#Deputatlik_nazorati #Murojaat_daftari

📌 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich tomonidan saylov okrugi hududidagi “Chep” mahallasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masalaning mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari hamda uni hal etish imkoniyatlari batafsil tahlil qilindi.

🗣 Yuzma-yuz muloqot davomida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

📋 Murojaatni o‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqaro tomonidan bildirilgan muammoning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, uni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

🤝 Murojaatlarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va aniqlangan muammolarni amaliy hal etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4