Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 15-O'zbekiston saylov okrugi deputati Radjapov Shuxrat Payg'ambarovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Park va xiyobonlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mustaqillik” mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
Kotib

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tadbir tashkil etildi. Unga partiyaning Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Yoqutxon Madjidova moderatorlik qildi. Tadbirda «Glory Detox» klinikasi jamoasi, yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdilar.

Kirish so‘zida Y.Madjidova ishtirokchilarni mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklab, mustaqillik yillarida yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, davlat yoshlar siyosati va yurt kelajagini yaratishda navqiron avlodning o‘rni haqida so‘z yuritdi. «Mustaqilligimizning ertangi kuni — bugungi yoshlarimiz qo‘lida. Ularning bilimli, vatanparvar va sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishi — barchamizning burchimiz», — dedi u.

Tadbir davomida yoshlar bilan erkin muloqot va fikr almashinuvi o‘tkazildi, Vatan va mustaqillik mavzusidagi viktorina g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mustaqilligimiz abadiy, yoshlarimiz yurt tayanchi bo‘lsin!

Slide 1 of 3