35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
#liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
💦 Arg‘in-Sada MFY hududidagi suv minorasi ishga tushirildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi o'rganildi
Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati E.Mirzayeva tomonidan Ziyokor mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul jarayonida aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Jumladan, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish hamda boshqa kommunal masalalar bilan bog‘liq muammolar o‘rganib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlarni vakolatli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish ko‘zda tutildi.

Slide 1 of 1