#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi
❗️ “IBN SINO” MAHALLASIDA ISHSIZ FUQAROLARNING BANDLIGI TA’MINLANGAN
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan olib borilayotgan sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganishlarning navbatdagi manzili Shayxontohur tumanidagi “Ibn Sino” mahallasi bo‘ldi.
📍 Deputatlar hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari bilan tanishdi.
🤝 O‘rganish davomida “Ibn Sino” mahallasi yettiligi a’zolari hamda mahallaga biriktirilgan bank xodimi bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot olindi.
📊 Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshida mahallada jami 10 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, bugungi kunga kelib ularning barchasining bandligi ta’minlangan.
💼 Fuqarolarning imkoniyati, kasbiy ko‘nikmalari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha mahalla yettiligi va biriktirilgan bank xodimi tomonidan manzilli ishlar olib borilgani qayd etildi.
🏦 Shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish hamda bandlikni ta’minlashda mahalla va bank hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
📝 Deputatlar amalga oshirilgan ishlarning amaliy natijalari bilan bir qatorda, bandligi ta’minlangan fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi va ularning bandligini barqaror saqlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi.
♻️ Sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash