Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov boshchiligida “Aytim” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔸Uchrashuvda «Asakabank» AJ mutasaddilari ham ishtirok etdi. Ayni paytda mahallada ijtimoiy reestrga kiritilgan 18 nafar oila mavjud. Uchrashuv Tadbir davomida ularning vakillari bilan birma-bir individual suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va murojaatlari tinglandi.
🔹Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarga manzilli yondashish va har bir oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari Uchquduq tumanida davom ettiriladi.
💠Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan, Kristina Paraketsova va Maxmudova Madinaning ishga joylashish masalalari, Ibodullaeva Ozodaning farzandini bog‘chaga joylashtirish hamda Xasanova Dilnozaning farzandlarini to‘garaklarga jalb etish bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
🔹Mazkur masalalar mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi ta’minlanishi hamda har bir murojaatning ijobiy hal etilishi nazoratga olinadi.

Slide 1 of 5