35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi o‘rganildi
янв.21
🏡 Ko‘mik ota qabristonida hashar
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
#Mahalladagi ijtimoiy hodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta'minlagan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash holati o'rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar o‘rganildi
янв.21
# O‘zbekiston Respublikasining 581-sonli Ichimlik suvi ta'minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish, to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
MAKTABDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI

MAKTABDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Orol MFY hududida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan amalga oshirildi.

Jumladan, 3-sonli umumta’lim maktabidagi sport zallari, ularda mavjud sport anjomlari, jihozlarning mavjudligi va texnik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida sport zallarining o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlari, mavjud sport inventarlaridan foydalanish holati hamda ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport zallari va mavjud jihozlardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay sport muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish — muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 5