Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
📍 FUQAROLARNING HUQUQIY MUAMMOLARIGA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
#Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi raisi R.Djumanova, tuman hokimi, deputat I.Kasimovlar tomonidan "O‘rtaovul" va "Do‘stlik" mahallalarida ehtiyojmand oilalar o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
#liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
"Bo‘ston" mahallasida obodonlashtirish ishlari "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida o‘rganildi!

Termiz shahrida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun munosib, toza va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, uylar tutash hududlarini obodonlashtirish borasidagi deputatlik va viloyat Kengashi nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov hamda 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatovalar okrugga qarashli “Bo‘ston” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar va deputat mahalladagi ko‘p qavatli uylar atrofida amalga oshirilgan va bajarilishi lozim bo‘lgan obodonlashtirish hamda sanitariya-tozalik ishlarini bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etilib, bevosita uning 13-bandida belgilangan — Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi maydonlar tozaligi va yoritilishi holatini o‘rganish vazifasi ijrosiga qaratildi.

Mas’ullar ko‘p qavatli uylar tutash hududlarida bo‘lib:

• Sanitariya va tozalik: Uylar atrofidagi maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda BSK tomonidan ko‘chalarni toza saqlash holati;

• Yashil hududlar va sug‘orish: Uylar atrofidagi yashil maydonlar, manzarali daraxtlar parvarishi va sug‘orish tizimlari;

• Tungi yoritish va infratuzilma: Ko‘p qavatli uylar oldidagi yoritish chiroqlari hamda bolalar o‘yingohlarining xavfsizligi tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan ayrim kichik kamchiliklarni bartaraf etish, Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat sifatini oshirish hamda uylar atrofidagi obodonchilikni doimiy saqlab qolish bo‘yicha mas’ul korxonalar va mahalla faollariga tegishli ko‘rsatma hamda deputatlik tavsiyalari berildi.
Slide 1 of 5