Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Deputat tomonidan uylarda gaz bilan bog‘liq masalalari o'rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati o'rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-445-son Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 662-II-son Qonuni ijrosining tumandagi holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallalarda aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalari o'rganildi
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar holati o'rganildi
янв.21
#Hududdagi madaniyat muassasalari holati
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Sh.Ermatov hamda Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.X.Mirzayev va M.S.Mirzayevlar tomonidan 17-Navro‘z saylov okrugidagi Navro‘z MFYning Yuldosh shaharchasida aholi uchun keltirilgan elektr ustunlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, yangi o‘rnatilishi rejalashtirilgan elektr ustunlarining holati va ulardan foydalanish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 15-sonli umumta’lim maktabidagi elektr transformatori hamda ta’lim muassasasi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham o‘rganildi.

Deputatlar hududdagi holatni shunchaki kuzatish bilan cheklanib qolmay, saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflarni tingladilar. Bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijrosini nazorat qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ–940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur qonunda energiya resurslaridan samarali va xavfsiz foydalanish, energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish hamda samarali nazorat tizimlarini yo‘lga qo‘yish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Shu nuqtayi nazardan, hududdagi elektr infratuzilmasining amaldagi holatini joyida o‘rganish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va ularning yechimini nazoratga olish — deputatlik faoliyatining amaliy ko‘rinishidir.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi.

Deputatlik nazoratining mazmuni — muammoni aniqlash bilangina cheklanmay, uning amaliy yechimini talab qilish va natijasini kuzatib borishdir.

Slide 1 of 5