Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Toshloq mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sholikor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
“Sheroziy” mahallasida mahallasida yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti muammosi hal etildi

Bugun Qumqo‘rg‘on tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov  hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatovlar “Sheroziy” mahallasiga tashrifi davomida aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.

Muloqotlar davomida aholini ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan elektr ta’minotidagi muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Jumladan, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflardan kelib chiqib, “Sheroziy” mahallaсиning elektr ta’minotini yaxshilash uchun yangi transformator o‘rnatish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Transformatorni o‘rnatish, elektr tarmoqlariga ulash va ishga tushirish orqali маҳаллаda elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shu tariqa, tumanimizda aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq ko‘p yillik muammolari bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.

Bu boradagi amaliy ishlar boshqa mahallalarda ham davom ettirilib, fuqarolarning murojaatlari asosida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan zarur choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 2