Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Q. Qayumov tomonidan Izboskan tumani A. Jomiy MFY, Ziyoratgoh ko‘chasi, 106-uyda yashovchi fuqaro Mutallipova Dilfuzaning ijtimoiy holati bilan tanishildi.
Fuqaro 1999-yilda tug‘ilgan bo‘lib, turmushidan ajrashgan, yolg‘iz ona sifatida 2 nafar farzandini tarbiyalamoqda. Shu sababli “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan hamda farzandlari uchun bolalar nafaqasi olib kelayotgani qayd etildi.
Oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud ehtiyojlarini o‘rganish hamda zarur amaliy yordam ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.