35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holat
янв.21
#Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
янв.21
🏥Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
#HOKIM_DEPUTAT

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanida manzilli va amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Oltinsoy tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Mavlyanov ishtirokida og‘ir toifaga kiruvchi mahallalarda xonadonbay o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlarda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yu. Hakimov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbarlari, “mahalla bankirlari” hamda tumandagi 54 ta mahallaning hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Xonadonbay o‘rganishlar davomida aholining bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar Otabek Mavlyanov va Yu.Hakimov tomonidan aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7