35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holat
янв.21
#Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
янв.21
🏥Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
“HONGYISTONE” KORXONASIDA QURILISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

 Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hamda tegishli mas’ullar “Marmarobod” MFY hududida xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilayotgan “Hongyistone” MChJ tomonidan qurilishi boshlab yuborilgan zavoddagi amaliy ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida granit qazib olish va uni qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy ishlab chiqarish loyihasining qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda korxona hududida qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, zavodning kelgusidagi faoliyati uchun zarur infratuzilma yaratilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida maxsus quduq qazilib, suv chiqarish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda investitsiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 5