35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holat
янв.21
#Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
янв.21
🏥Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
Fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺Murojaatda mahalla hududidan oqib o‘tuvchi kanalning holati, uni tartibga keltirish, tozalash va obodonlashtirish zarurligi bildirilgan. O‘rganish jarayonida kanalning mavjud holati joyida ko‘zdan kechirilib, uning atrofidagi hudud, o‘zanning tozaligi, chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurati o‘rganildi.

Fuqaroning ta’kidlashicha, kanal va uning atrofini muntazam ravishda tozalash, hududni obodonlashtirish hamda kanalning normal holatda saqlanishini ta’minlash mahalla aholisi uchun muhim masalalardan biri hisoblanadi. Kanal atrofida tartib o‘rnatilishi nafaqat hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi, balki sanitariya va ekologik holatni saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

🔺Deputatlar tomonidan murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi qayd etildi. Xususan, kanalni tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalani hal etish maqsadida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga deputat so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3