35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holat
янв.21
#Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
янв.21
🏥Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🔺Qabul fuqarolar tomonidan mahallada bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz bolalar maydonchalarini barpo etish masalasi ko‘tarildi. Fuqarolar mahallada bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, sport va turli harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligini ta’kidladilar. Mazkur masala yuzasidan mahallaning mavjud imkoniyatlari, aholi ehtiyoji va bolalar maydonchasini tashkil etish uchun munosib joylarni aniqlash, shuningdek, zarur infratuzilmani shakllantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔺Shuningdek, fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq masala ham ko‘tarildi. Aholi ayrim hududlarda chiqindilar belgilangan grafik asosida olib chiqilmayotgani, bu esa hududning sanitariya holati va obodonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi. Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifatini yaxshilash, maxsus transport vositalarining belgilangan grafik asosida harakatlanishini ta’minlash hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish muhimligi qayd etildi.

🔺Qabul davomida bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi. Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1