Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 10-At-Termiziy saylov okrugi deputati Kabulova Rano Irkinovna hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan biriktirilgan tashkilot — “Xalq banki”ning Angor filiali faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bankning joriy faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, kredit ajratish jarayonlari hamda fuqarolarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha oylik hisobotlar ko‘rib chiqilib, ajratilgan kreditlar, ularning yo‘nalishlari va kredit oluvchilar to‘g‘risidagi tahliliy ma'lumot deputatlarga taqdim etildi.
O‘rganish jarayonida biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!