35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi
янв.21
Deputat tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 666-sonli "Tashabbusli budjet ("Ochiq budjet") jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi hamda tumanda “Tashabbusli byudjet” doirasida g‘olib loyihalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
янв.21
🏟 Mahallada aholi va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari o‘rganildi
янв.21
🛒 Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
🏥Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
📌 Fuqarolar murojaati o‘rganilib, nazoratga olindi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sadriddin Turabjonov tomonidan Yashnobod tumani “Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘l holatini yaxshilash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi “Do‘stobod” mahallasi Sulton Ali Mashhadiy ko‘chasi 210–216-uylar aholisi va mahalla faollari tomonidan yo‘llangan jamoaviy murojaat asosida tayyorlandi. Fuqarolar hududdagi ichki asosiy yo‘lakning to‘liq tiklanmaganidan e’tiroz bildirgan.

🔺 Murojaatda qayd etilishicha, taxminan olti oy avval hududda gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan yer osti gaz quvurini yotqizish ishlari amalga oshirilgan. Biroq ishlar yakunlanganidan keyin qazilgan hududning bir qismi belgilangan tartibda to‘liq tiklanmagan. Yo‘lning taxminan 80 foiz qismi asfaltlangan bo‘lsa-da, qolgan qismida yo‘l qoplamasi tiklanmagan, ayrim joylarda esa yer sathi tekislanmagan holda qolgan.

📋 Mazkur holat, ayniqsa, keksalar va bolalarning harakatlanishida noqulaylik tug‘dirayotgani, yog‘ingarchilik kunlarida esa chuqurliklar, loy va botqoqliklar hosil bo‘lib, piyodalar hamda avtotransport vositalari harakatini qiyinlashtirayotgani qayd etilgan.

📲 Shuningdek, aholi ushbu muammo yuzasidan avval ham bir necha marotaba “Xalq nazorati” platformasi orqali murojaat qilgani, biroq muammoni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha amaliy natijaga erishilmagani bildirilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Sadriddin Turabjonov tomonidan Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakovdan Sulton Ali Mashhadiy ko‘chasi 210–216-uylar hududida gaz quvuri yotqizilishi natijasida buzilgan yo‘l qoplamasini mas’ul tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish, gaz quvurini yotqizish ishlarini amalga oshirgan tashkilotni hamda yo‘lni qayta tiklash bo‘yicha belgilangan majburiyatlarni aniqlash so‘raldi.

🛣 Shuningdek, yo‘l qoplamasining nima sababdan to‘liq tiklanmagani va bunga mas’ul tashkilot hamda mansabdor shaxslarni aniqlash, qazilgan hududni belgilangan me’yorlar asosida tekislash, sifatli asfalt qoplamasini yotqizish va hududni obod holatga keltirish bo‘yicha aniq muddat hamda mas’ullarni belgilagan holda amaliy choralar ko‘rish masalalari qo‘yilgan.

💡 Deputatlik so‘rovida avval “Xalq nazorati” platformasi orqali yuborilgan murojaatlar bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgani va muammo nima sababdan hozirga qadar bartaraf etilmagani haqida ma’lumot berish, shuningdek, bajariladigan tiklash ishlarining sifati va to‘liqligini mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olish ham so‘ralgan.

⏳ Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakovdan ko‘rilgan choralar, aniqlangan holatlar, mas’ul tashkilotlar hamda muammoni bartaraf etish muddatlari yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala “Do‘stobod” mahallasi aholisiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, qazish ishlaridan keyin yo‘l infratuzilmasini sifatli tiklash hamda fuqarolar murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlash maqsadida deputat Sadriddin Turabjonov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1