O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-989-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Qunduz mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurilib, xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazildi.
🔍 O‘RGANISH DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR:
🏠 Xonadonbay muloqot: Aholi bilan bevosita suhbatlashilib, ularning ijtimoiy va psixologik muammolari o‘rganildi.
🤝 Manzilli ko‘mak: Yordamga ehtiyojmand fuqarolar aniqlanib, ularga soha psixologlari va mutaxassislar biriktirildi.
🌱 Sog‘lom muhit: Mahallada barqaror ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish bo‘yicha tushuntirish va tavsiya berish ishlari olib borildi.
👥 O'RGANISH ISHTIROKCHILARI
🔹 M. Yaxshimurotova — Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
🔹 D. Abdrimova — Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
🔹 O. Akimova — O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi
🎯 BOSH MAQSAD:
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli psixologik yordam ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashdan iborat.