Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 15-O'zbekiston saylov okrugi deputati Radjapov Shuxrat Payg'ambarovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Park va xiyobonlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mustaqillik” mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz Beshchinor va Ko‘rkam mahallalari aholisi!

Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mahallalarimiz obodligi va xalqimiz farovonligi aynan mana shu ulug‘ ne’matning yorqin ifodasidir.
Fursatdan foydalanib, har bir xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilayman. Mahallalarimiz hamisha obod, ko‘chalarimiz fayzli, xonadonlarimiz quvonchga to‘la bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, Vatanimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
O. Mutalov
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati