35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holat
янв.21
#Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
янв.21
🏥Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan deputatga biriktirilgan tashkilot Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorlikda 15-Zuhro saylov okrugi hududidagi Zuhro mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 1- va 2-ko‘p qavatli uylar oralig‘idagi hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma ishlari, xususan, yo‘lni asfaltlashtirishdan avval bajarilishi lozim bo‘lgan muhandislik ishlari deputatlik nazorati doirasida ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, asfaltlashtirish ishlari boshlanishidan avval ariq suvi oqimini ta’minlash maqsadida diametri 300 millimetr bo‘lgan quvurni 12 metr masofaga yotqizish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari nazorat qilindi.

Mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hududdagi suv oqimini tartibga solish, yo‘l qoplamasining uzoq muddat xizmat qilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish jarayonida ushbu ishlarning atrof-muhit xavfsizligi va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ–877-son “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan inson salomatligi va atrof-muhit xavfsizligining ustuvorligi, qonuniylik, tizimlilik va uzluksizlik kabi asosiy prinsiplar ham nazarda tutildi.

Deputatlik nazoratining mazmuni ham aynan shu nuqtada namoyon bo‘ladi: hududda amalga oshirilayotgan ishlarning nafaqat ko‘lami, balki ularning sifatli, qonuniy va aholi manfaatlariga mos tarzda bajarilishi ham doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Zuhro mahallasida olib borilgan o‘rganish davomida aniqlangan holatlar tegishli mas’ullar bilan muhokama qilinib, ishlarning belgilangan tartibda davom ettirilishi yuzasidan nazorat o‘rnatildi.

Slide 1 of 4