35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
янв.21
#Qaror ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
📖Doimiy komissiya yig‘ilishi: Namunaviy ish yuritish asosida sessiyaga tayyorgarlik
янв.21
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Ixtiyor Kasimov "Yangi turmush" va "Saidovul-Baxt" mahallalarida bo‘lib, "mahalla yettiligi" ishtirokida videoselektorda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
AHOLI MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI.

 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevga o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi Qo‘shtegirmon-1 mahalla fuqarolar yig‘inining Uzun ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat kelib tushgan edi.

Mazkur murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratilib, Qo‘shtegirmon arig‘ining suv taqsimlash inshootiga suv darvozasi (zatvor) o‘rnatildi.

Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida Qo‘shtegirmon-1, Nurafshon va Qo‘shtegirmon-2 mahalla fuqarolar yig‘inlarining Farobiy, Uzun, Obod, Soy sohili ko‘chalari hamda Dehqon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq xonadonning tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minoti yaxshilandi.

Mazkur murojaat ijrosi va amalga oshirilgan ishlarning holati Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Slide 1 of 4