35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tez tibbiy yordam bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va mavjudligi o‘rganildi
янв.21
“Arg‘in-Sada” MFYdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
#Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshoatlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlarining mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
“Salomatlik maktabi” loyihasi doirasida

“Salomatlik maktabi” loyihasi doirasida

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D.J. Sattarova hamda O‘zbekiston XDP Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi O.O. Yusupova tomonidan tuman markaziy poliklinikasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, xususan, fuqarolarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari o‘rganildi.

Tashrif davomida aholining, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga qaratilgan tegishli qarorlar ijrosining tumandagi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tibbiy ko‘riklar va shifokorlar bilan muloqot

O‘rganish davomida ayollar maslahatxonasi va pediatriya xonalarida bo‘lib, yoshlar hamda xotin-qizlarning bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi, ularning sog‘lig‘i holatini baholash, kasalliklarni erta aniqlash va zarur tibbiy tavsiyalar berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shifokorlar — onkoginekolog Zebo­gul Qodirboyevna Ametova hamda pediatr Momojon Xasanova bilan suhbat davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, profilaktik ko‘riklarning samaradorligi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Qarorlar ijrosi o‘rganildi

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qarorida belgilangan onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid vazifalarning amaliy ijrosi tahlil qilindi. Homilador ayollar, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda kasalliklarni erta aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid qarori talablarining tumandagi ijrosi ham o‘rganildi. Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va ochiqligini oshirish, fuqarolar uchun qulayliklarni kengaytirish hamda tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida tibbiyot xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda tegishli qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi.

“Salomatlik maktabi” loyihasi doirasidagi bunday o‘rganishlar aholining tibbiy savodxonligini oshirish, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1