35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tez tibbiy yordam bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va mavjudligi o‘rganildi
янв.21
“Arg‘in-Sada” MFYdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
#Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshoatlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlarining mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

2026-yil 14-maydagi VII-29-54-9-127-K/26-sonli “Sardoba tuman mahalliy budjetining 2026-yil I-chorak daromadlar rejasining ortirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sardoba tuman Tibbiyot birlashmasida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida mazkur qaror asosida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarda, jumladan, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilganligi o‘rganildi.
Xususan, Tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan zamonaviy fizioterapiya jihozlari xarid qilinganligi, ularning mavjudligi, foydalanish uchun o‘rnatilganligi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida amaliy qo‘llanilayotganligi yuzasidan tegishli nazorat ishlari olib borildi.
Nazorat tadbirida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda tuman deputati B.Bekmurodovlar ishtirok etib, ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, xarid qilingan zamonaviy tibbiy jihozlardan samarali foydalanilishi hamda ularning aholi salomatligini muhofaza qilishdagi amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli mas’ullarga mavjud jihozlardan samarali va belgilangan maqsadlarda foydalanish, ularning texnik sozligini ta’minlash hamda ko‘rsatilayotgan fizioterapevtik xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur nazorat tadbiri orqali mahalliy budjet mablag‘larining qonuniy, maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash, shuningdek, hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlarning amaliy ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 6