DEPUTAT XALQ ORASIDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Raxamov Qulto‘ra Normurodovich Chag‘atoy hamda Majnuntol mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida 2025-yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingladi va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tuman tashkiloti rahbariyatiga tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun deputatlik so‘rovi yuborildi.