35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tez tibbiy yordam bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va mavjudligi o‘rganildi
янв.21
“Arg‘in-Sada” MFYdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
#Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshoatlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlarining mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi

Shu maqsadda, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, kotibiyat mudiri, deputat, A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Termiz shahar Xalq qabulxonasida bo‘lib, bo‘limning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida bo‘limning asosiy vazifalari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali munosabat bildirish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda kelgusidagi vazifalarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

Faoliyatni muntazam tahlil qilib borish orqali mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va natijadorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat va biriktirilgan tashkilotning uzviy hamkorligi — fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni ijobiy hal etish va hududdagi muammolarga amaliy yechim topishning muhim omilidir.