35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tez tibbiy yordam bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va mavjudligi o‘rganildi
янв.21
“Arg‘in-Sada” MFYdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
#Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshoatlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlarining mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
QONUN IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Qonun hujjatlarining joylarda amaliy ijrosini ta’minlash, belgilangan talablarning hayotga izchil tatbiq etilishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, aholining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va axborot-kutubxona xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish bu borada alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A. Mahkamov tomonidan o‘ziga biriktirilgan qonunlar ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati N. Elchiyeva ham ishtirok etib, Shahar Axborot-kutubxona markazi faoliyati joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ–280-son “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining amaliy ijrosini ta’minlash masalalariga qaratildi.

Jarayon davomida axborot-kutubxona fondining shakllantirilishi va saqlanishi, undan foydalanuvchilarning foydalanish imkoniyatlari, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati hamda markaz faoliyatining zamonaviy talablarga muvofiqligi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, elektron katalog va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlari hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Qonunning 4-moddasida belgilanganidek, foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlash, ularning ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, mazkur talablarning amaliyotdagi ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilinib, tegishli ma’lumotlar olindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlarni takomillashtirish hamda qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Bugungi kunda axborot-kutubxona markazlari aholining bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois ushbu sohada qonun talablarining amaliy ijrosini ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirish va zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish ustidan deputatlik nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan tizimli nazorat tadbirlari qonun hujjatlarining joylarda samarali ishlashini ta’minlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli choralarni belgilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8