Yangiliklar

Deputat fuqarolar bilan “Tashabbusli budjet” masalalarini muhokama qildi.

Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 16-«Boqquduq» saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri B. Hamraqulov “Pistalikent” mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Tashabbusli budjet” jarayonlari, mahalla uchun ustuvor loyihalar va ularni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolarning taklif va fikrlari tinglanib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.
🤝 Bunday uchrashuvlar aholi fikrini inobatga olgan holda hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4