Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 24-O'rtasaroy saylov okrugi deputati Mirbabayeva Gulnora Tillayevna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi
янв.21
#Deputatlar tomonidan mahalladagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, jinoyatchilikni bartaraf qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi xodimlari faoliyati deputatlar nigohida
янв.21
Mahalla yettiligi a'zosi – profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati G.Mirbabayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan O‘rtasaroy mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan o‘rganish tashkil etildi
янв.21
🌳 Toshloq mahallasida "Mening bog‘im" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
"Ochiq budjet" doirasida amalga oshirilayotgan yo‘lni asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Toshloq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan o‘rganish tashkil etildi
#doimiy komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Jondor tumanida 2026 yilgi “Mening bog‘im” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan “Yashil bog‘” loyihasi bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida mazkur loyihani Oydug‘di mahallasi markazida barpo etish masalalari muhokama qilinib, aholi uchun qulay va zamonaviy dam olish hududini tashkil etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi. Xususan, hududni ko‘kalamzorlashtirish, bolalar o‘yin maydonchalari, yoritish tizimi hamda aholiga munosib sharoit yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Deputatlar tomonidan loyihani amalga oshirishda mahalla aholisi fikri va ehtiyojlarini inobatga olish muhimligi ta’kidlanib, “Yashil bog‘” kelgusida fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladigan zamonaviy maskanga aylanishi qayd etildi.
Shuningdek, loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4