O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-341-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Olmaliq shahrida navbatdagi deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
🔍 O'rganish hududlari
➡️Ahmad Yassaviy mahallasi;
➡️Muqumiy mahallasi;
➡️Navro‘z mahallasi.
👥 O'rganishda:
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Oybek Qurolboyev, Zuhra Po‘latova, Abdujabbor Djurayev va Nargiza Atakulovalar ishtirok etdi.
O‘rganish davomida aholini qiynayotgan masalalar, infratuzilma holati va ijtimoiy sohadagi kamchiliklar ko‘zdan kechirildi.
📩 Natija: Deputatlar tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi. Har bir murojaat qat’iy nazoratga olindi.