Yangiliklar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishni komissiya raisi P.Tojiboyev ochib berdi.

Mazkur yig‘ilishda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari S. Anvarov hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Zomin tuman bo‘limi boshlig‘i B. Shukurov ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Mas’ullar tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi.

Slide 1 of 5