Kecha xabar berilganidek, bugun Olmaliq shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabi binosida Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Daniyar Dilmuradovich Karimov sakkizta mahalla (“Saxovat”, “Koinot”, Mahmudxo'ja Behbudiy, “Oltin”, Ahmad Yassaviy, “Navro‘z”, “Yulduz” va “Tinchlik”) fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Uchrashuvda mazkur hudud deputatlari S.Subanov, L.Baydullayeva, A.Djurayev, M.Ashurovalar hamda muammolarni joyida tahlil qilish uchun mahalla “yettiligi”, kommunal, qurilish va ijtimoiy soha rahbarlari hamda OAV vakillari jam bo‘lishdi.
📊Murojaatlar tahlili
Ochiq muloqot davomida fuqarolardan jami 32 ta murojaat qabul qilindi. Ularning yo‘nalishlari quyidagicha:
🛠 29 tasi — kommunal va qurilish sohalariga oid;
💼 2 tasi — bandlik masalasida;
💰 1 tasi — moddiy yordam so‘rovi.
💡Natija qanday bo‘ldi?
Deputat nazorati va mutasaddilar ishtiroki tufayli:
5 ta murojaat mas’ul tashkilotlar tomonidan aynan uchrashuvning o‘zida ijobiy hal etildi.
8 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
19 ta murojaat qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab qilganligi sababli, ijrosi qat’iy nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.