✔️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutahassisi Kichinov Raxmatillo Ro`ziyevich bilan hamkorlikda tumandagi “Uyg‘ur” mahallasida huquqiy targ‘ibot va sayyor xizmatlar tadbiri tashkil etildi.
✔️Mazkur tadbir aholining huquqiy xabardorligini oshirish, ularni qiynab kelayotgan masalalarga joyida yechim topish hamda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratildi.
Ijtimoiy yordam olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan PQ-1-sonli qarorning mazmun-mohiyati ham atroflicha tushuntirildi.
Shu bilan birga, mahalla faollariga mazkur yo‘nalishlarda aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!