Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
Xalq manfaati yo‘lida olib borilayotgan islohotlar Uzun tumanidagi "Ittifoq" mahallasi misolida ham o‘z aksini topmoqda. Ko‘p yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan G‘urros kanalini tozalash va tartibga keltirish masalasi nihoyat o‘z yechimini topdi.
Mazkur kanalning holati yuzasidan mahalla aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Mamurjonova tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga asoslantirilgan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Amalga oshirilayotgan ishlar
Yuborilgan so‘rov va ko‘rsatilgan tashabbus natijasida hozirgi kunda G‘urros kanalida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda:
Tozalash ishlari: Kanal tubi va qirg‘oqlaridagi ko‘p yillik chiqindilar, loyqa hamda o‘t-o‘lanlar to‘liq tozalandi.