Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🎙SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI TINGLANDI.
янв.21
#Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
#Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati va Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishiholati o'rganildi
янв.21
📃Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 24-O'rtasaroy saylov okrugi deputati Mirbabayeva Gulnora Tillayevna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi
Deputat o'z okrugida o'rganish ishlarini olib bordi

️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuxamedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan Chilonzor tumani hududida parklar, xiyobonlar, bog‘larning holati, mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holatini hamda tadbirkorlarga yaratilgan shart -sharoitlarni o‘rganish ishlari olib borildi.

️Dastlab, Botirma mahallasida faoliyat yuritayotgan hunarmand Kurbanova Fotima Xalimovnaning faoliyati bilan tanishdi. Uning mahsulotlari xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgani hamda 100 nafardan ortiq shogirdlarga hunar o‘rgatayotgani alohida e’tirof etildi.

️Shuningdek, mahalla faollari va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda amaldagi qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda mahallada aholi va bolalar uchun sport inshootlari va ulardagi sport anjomlari holati muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Al-Xorazmiy ko‘chasida tashkil etilgan 24/7 gastronomik ko‘cha faoliyati o‘rganilib, xiyobonda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Slide 1 of 6