Tuman kengashi deputatlari tomonidan tuman Byudjetdan tashqari pensiya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Tuman Kengashi deputatlari B.Baxovadinov va Y.Musayevlar tomonidan tumandagi Byudjetdan tashqari pensiya bo‘limi faoliyati hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida bo‘limning kundalik faoliyati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, pensiya va nafaqa tayinlash jarayonlari, shuningdek, aholiga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.
Deputatlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati, xizmatlar ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflik darajasi, navbatlarning tashkil etilishi hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi alohida tahlil qilindi. Shuningdek, pensiya oluvchilarga yaratilgan sharoitlar, xodimlarning kasbiy malakasi va fuqarolar bilan muloqot madaniyatiga ham e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!