Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DMTT faoliyatiga deputat tomonidan baho berildi
янв.21
DEPUTAT FAOLIYAT
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tomonidan elektor tarmoqlari holatlari o‘rganildi
янв.21
O‘rta Chirchiq tumanida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyas azolari yig'ilishi bo'lib o`tdi.
янв.21
"DEPUTAT MAHALLADA"
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ustidan deputat nazorati o’rnatildi.
янв.21
Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
янв.21
#jarayon
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

#Deputat_tashabbusi #Deputatlikguruhi_faoliyati

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ijtimoiy sohada mehnat qilayotgan madaniyat va sanʼat xodimlari, maʼnaviy-maʼrifiy soha vakillari, tarixchi olimlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Unda ulkan tariximiz va boy madaniy merosimizni o‘sib kelayotgan yosh avlodga asrab-avaylab, to‘liq va mukammal holda yetkazish muhim ekani alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, muzeyning ijtimoiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, aholi va sayyohlar faolligini oshirish, boshlang‘ich partiya tashkiloti aʼzolari soni va aʼzolik badallarini ko‘paytirish bo‘yicha qator taklif va mulohazalar bildirildi.

Mazkur tadbir yoshlarda tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini yana-da mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 4