Tashrif davomida binoda olib borilayotgan obodonlashtirish va tashkiliy ishlar ko‘zdan kechirilib, mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. Jarayonlarni belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli maslahat va ko‘rsatmalar berildi.
🔹Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining faoliyati bilan ham tanishilib, ularning mahalla hayotidagi o‘rni va mas’uliyati yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.