35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tez tibbiy yordam bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va mavjudligi o‘rganildi
янв.21
“Arg‘in-Sada” MFYdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
#Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshoatlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlarining mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
Халқ депутатлари Давлатобод туман кенгаши депутати Алиханов Мухаммаджон томонидан

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotida sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganini yaqqol namoyon etdi. Ushbu muhim siyosiy hujjat Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, xalq manfaatlarini ustuvor qo‘yishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Barchamizga ma’lum, 2025 yil 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga navbatdagi Murojaatnoma yo‘llandi. Davlatimiz rahbarining mazkur Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim siyosiy hujjat bo‘ldi.

Murojaatnomada iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy himoya tizimlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq va manzilli vazifalar belgilab berildi.

Ayniqsa, 2030 yilga qadar sharoiti og‘ir bo‘lgan barcha tuman va mahallalarda “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini shakllantirish, mahallalarni kompleks rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirish ustuvor maqsad sifatida belgilab olindi. Bu esa aholi zich joylashgan, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati yuqori bo‘lgan Davlatobod tumani uchun ham amaliy dastur vazifasini o‘taydi.

Shu munosabat bilan, bugun Davlatobod tumani hokimligi majlislar zalida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla “yettiligi” a’zolari hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.

Seminar davomida davlatimiz rahbarining Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, jumladan, 2026 yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan belgilangan 6 ta asosiy ustuvor vazifa haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sohalar kesimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ijro intizomini ta’minlash va mas’ul rahbarlarning vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida ta’lim tashkilotlari rahbarlarining fikr-mulohazalari tinglanib, bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.