Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 44-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 43-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini o‘rganishga qaratilgan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
📌 O‘rganish doirasida deputat tuman hokimining ijtimoiy rivojlantirish, yoshlar siyosati, ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Soatov Baxtiyor Vaxobiddinovich bilan uchrashib, tumanda yoshlar bilan ishlash tizimining amaldagi holati, belgilangan vazifalar ijrosi va yoshlar manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.
📌 Muloqot davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishi, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
❓ Qonun ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarga quyidagi savollar berildi:
1️⃣ Tumanda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish va doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish borasida qanday amaliy choralar ko‘rilmoqda?
2️⃣ Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va muammoli vaziyatga tushib qolgan yoshlarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha qanday manzilli ishlar olib borilmoqda?
3️⃣ Iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlarning taklif hamda g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?
📌 Ushbu savollar orqali yoshlar bilan ishlash samaradorligi, qonunda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi va yoshlarning ehtiyojlariga mos chora-tadbirlarni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Zero, yoshlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning taklif va tashabbuslarini inobatga olish hamda har bir yoshga o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.
🌱 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash — kelajakni qo‘llab-quvvatlashdir. Yoshlarning bilimli, kasb-hunarli, tashabbuskor va jamiyat hayotida faol bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ham muhim o‘rin tutadi.
✅ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyatiga deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 8