#deputat_faoliyati
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Namgoni” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔵O‘rganish davomida mahallada kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔵Shuningdek, jinoyatchilikka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni erta aniqlash, muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔵O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hududda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
👉Jinoyatchilikning oldini olish – mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning muhim omilidir.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt