35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi deputati I Masaliyevning yarim yillik faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi yuzasidsn Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠Sherobodda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: yangi ish o‘rinlari va daromad manbalari muhokama qilindi

➡️Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Sherobod tumanida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

➡️Tadbirkorlarning muammolari bevosita tinglandi

➡️Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich boshchiligida tumandagi yirik tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlayotgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

➡️Muloqot davomida tadbirkorlarning mavjud muammolari, faoliyatini kengaytirishdagi to‘siqlar, qo‘shimcha mablag‘ va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlari atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaatni joyida o‘rganish va imkon qadar amaliy yechim topish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

➡️Asosiy e’tibor — ish o‘rinlari yaratishga

➡️Yig‘ilishda yirik tadbirkorlarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirishi, yangi loyihalarni amalga oshirishi orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi. Buning uchun zarur kredit resurslaridan foydalanishda tadbirkorlarga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

➡️Shuningdek, yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan fuqarolarning tashabbuslari tinglanib, ularni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, loyihalarini amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.

➡️Maqsad — tadbirkorni qo‘llab, aholini daromadli qilish

➡️Prezidentimiz tomonidan belgilanganidek, kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yo‘llaridan biri — odamlarni ishli va daromadli qilish, tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishdir.

➡️Shu bois Sherobod tumanida tadbirkorlar bilan bunday ochiq muloqotlar davom ettirilib, har bir loyiha ortida yangi ish o‘rni, yangi daromad manbai va kambag‘allikdan chiqayotgan yana bir oila bo‘lishiga erishish asosiy maqsad qilib belgilanmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 8