Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 43-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
“Yulduz” mahallasida tizimli nazorat: 24 mezon asosida faoliyat tahlil qilindi

Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, “mahalla yettiligi” va faollarning mas’uliyatini oshirish hamda aholi muammolariga eng quyi bo‘g‘inda manzilli yechim topish — deputatlik korpusining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I.Shatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Yulduz” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari va mas’ullari ishtirokida atroflicha yig‘ilish va nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

O‘rganish va muhokamalar jarayoni quyidagi ikki muhim yo‘nalishga tayandi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni talablari;

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari.

Yig‘ilish davomida mahallasidagi amaliy ishlar va aholi bilan ishlash samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi:

“Xonadonbay” ishlash: Aholi muammolarini bevosita xonadonlarga kirgan holda o‘rganish va murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish;

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy ko‘mak berish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish;

Yoshlar va xotin-qizlar: Hududdagi yoshlar hamda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini tizimli hal etish;

Obodonlashtirish va infratuzilma: Mahalla ko‘chalarini obod qilish va kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish.

Yig‘ilishda mahalla faollari tomonidan hududda uchrayotgan bir qator tizimli muammolar va aholi takliflari o‘rtaga tashlandi.

Aniqlangan masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olindi. Vakolatli idoralar aralashuvini talab etadigan murakkab muammolar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va natijasi bo‘yicha mahalla ahli xabardor qilinishi belgilandi.

Yakunda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2