Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 43-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
24 tavsiya ijrosi amalda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Gulnoraxon Ismoilova va Avazbek Appaqov 24 tavsiya asosida Mirpo‘stin MFYda bo‘lishdi.

Tashrif davomida mahalla hududidagi mavjud holat, obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.

Deputatlar mahalla yettiligi vakillari bilan suhbatlashib, aholining murojaat va takliflarini tingladilar. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammoli holatlarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.

Shuningdek, 24 tavsiyada belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi holati ko‘rib chiqilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlarning mahallalardagi faoliyati aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Slide 1 of 2