Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 43-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
#162_qonun

Xalq deputatlari tuman Kengashining 3-Gulobod saylov okrugi deputati N. Akramova tomonidan Sariosiyo mahallasida barpo etilayotgan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya va qurilish ishlari o‘rganildi.

Mazkur loyiha doirasida umumiy qiymati 4 milliard 190 million so‘mlik mablag‘ evaziga 90 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bunyod etilmoqda.

O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlarining borishi, ularning sifati hamda belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, obyektni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi hududda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya muhitini yaratish hamda ta’lim sifati va infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3