Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 43-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son Qonuni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📑 Qonunda fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari, tibbiy yordam olish imkoniyatlari, sog‘liqni saqlash tizimining asosiy prinsiplari hamda tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlari belgilangan.

🏥 Shuningdek, fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarning oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, tibbiy xizmatlardan foydalanishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

👨‍👩‍👧‍👦 Har bir fuqaroning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam olish huquqini ta’minlash sog‘liqni saqlash sohasidagi muhim vazifalardan biridir.

🔎 Mahalliy Kengashlar va deputatlar hududlarda mazkur Qonun talablarining bajarilishi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlariga rioya etilishini o‘rganish orqali deputatlik nazoratini amalga oshirishlari mumkin.

✅ Fuqarolar salomatligini asrash — inson manfaatlarini ta’minlash va farovon jamiyat barpo etishning muhim shartidir.

Bizni kuzatishda davom eting!