Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 43-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
Mahallada fuqarolar murojaati o‘rganildi.

Mahallada fuqarolar murojaati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 4-Tallimaron saylov okrugi deputati Jumaev Zafar tomonidan Yuqori Tallimaron mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yuritilayotgan ma’muriy hujjatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, deputat joyiga chiqqan holda fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan ijtimoiy va maishiy masalalarni tingladi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan mahallada fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni joyida hal etish va aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1