35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi deputati I Masaliyevning yarim yillik faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi yuzasidsn Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#162_ta_Qonun #biriktirilgan_tashkilot
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati
#doimiy_komissiya_faoliyati

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Ch.Alimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Tuman Adliya bo‘limining 2026-yilning yarim yilligida tumanda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida tuman Adliya bo‘limida bo‘lib, sessiya kun tartibiga kiritilgan axborotda keltirilgan ma’lumotlar va amalga oshirilgan ishlarning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Shuningdek, Adliya bo‘limi boshlig‘i bilan suhbat o‘tkazilib, norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda aholining huquqiy muammolarini hal etish borasida qo‘shimcha axborotlar eshitildi.

Shu bilan birga, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-848-son Qonuni yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borildi. Mazkur Qonun davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning huquqiy himoyasini ta’minlash hamda ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

O‘rganish jarayonida aholiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish, fuqarolarning huquqiy bilim va xabardorligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash hamda huquqiy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi hamkorlik ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

O‘rganish yakunida tuman Adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati ijobiy baholandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2