Yangiliklar

Jamoat joylari deputat nazoratida

Bugun shahar kengashi deputati, O‘zMTDP saylangan deputatlik guruhi rahbari B.Djumaniyozov Urganch shahar Temir yo‘l vokzalini o‘rgandi. 

Urganch markaziyvokzali 2012-yilda qayta ta’mirlanib zamonaviy va yuqori darajada qulayliklarga ega ko’rinishga keltirilgan, vokzal bir vaqtda 1000 ta yo’lovchiga xizmat ko’rastish qobiliyatiga ega. Har kuni 2 ta mahalliy yo’nalishda qatnovchi yo’lovchi poezdi, xaftasiga 1 ta xalqaro yo’nalishda qatnovchi yo’lovchi poezdlari yo’lga qo’yilgan. 

Deputat B.Djumaniyozov temir yo‘l vokzalida aholiga yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi. 

Slide 1 of 1