Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 43-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
A.Sog‘uniy mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

A.Sog‘uniy mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Tursunova Shaxnoza Jurakulovaning okrugida 24 talik tavsiyalar ijrosi yuzasidan "17-Guliston" saylov okrugidagi "A.Sog‘uniy" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida mahalla yettiligi bilan uchrashilib, hududning bugungi holati va amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mahalla hududida 25 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularda 1 402 ta xonadon, 1 822 ta oila hamda 5 066 nafar aholi istiqomat qilishi qayd etildi.

📁 24 talik tavsiyalarga muvofiq, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

🗂 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tahlil o‘tkazildi.

🕯 O‘rganish jarayonida 2022-yildan buyon mazkur mahallada hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Y.Xadjayevning faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmonov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda "mahalla yettiligi" a'zolari ishtirok etdi.

Slide 1 of 7